Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sentabr oyida tashkil qilinadigan tadbirlar - Bo`limga qaytish


28.08.2015

 

2-5 sentabr kunlari  “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlar turkumi tashkil qilinadi:
- Kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyalari (imtiyozli);
- Kutubxona imkoniyatlari va resurslari bilan tanishtiruvchi prezentatsiyalar;
- Ilmiy-ta’limiy xorijiy elektron bazalar bilan ishlash bo‘yicha “Jahon” o‘quv zalida treninglar;
- “Ilmiy ishlar bazasi” bilan ishlash bo‘yicha “Ilm” o‘quv zalida treninglar;
 
4 sentabr kuni soat 15:00da Mustaqilligimizning 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan «Yurtim jamoli» fototanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi;
 
5 sentabr kuni “O‘zbekiston” zalida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, yozuvchi va dramaturg Sobir Abdulla (Abdullaev Sobir, 1905-1972) tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab “Vafodan yaralgan bo‘ston” adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi;
 
7 sentabr kuni “Kashfiyot” zalida yozuvchi Aleksandr Kuprin (1870-1938) tavalludining 145 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi;
 
10 sentabr kuni “Ilm” zalida matematik olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Toshmuhammad Alievich Sarimsoqov  tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Matematikaning betakror olamida” adabiyotlar ko‘rgazmasi; 
 
15 sentabr kuni “Ijod” zalida O‘zbekiston xalq artisti Shukur Burxonov (1910-1987) tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “Sahnada yashash kerak” adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi va film namoyishi;
 
15 sentabr kuni “Istiqbol” zalida ingliz yozuvchisi Agata Kristi (Meri Klarissa Miller, 1890-1976) tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan “Izquvarlik janri ustasi” kitob ko‘rgazmasi;
 
24 sentabr kuni “O‘zbekiston” zalida aktyor, rejissyor, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq artisti Olim Xo‘jaev (1910-1977) tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “San’at bo‘stonida so‘nmaydi nomi” kitob ko‘rgazmasi va film namoyishi; 
 
Tadbirlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar