Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kino olamiga sayohat” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi - Bo`limga qaytish


27.08.2015

 

2015 yil 27 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kino olamiga sayohat” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma va kutubxona kinomarkazida “Oltin to‘plam” fondidan o‘rin olgan o‘zbek milliy kinofilmlari namoyish etildi.

“Kino olamiga sayohat” ko‘rgazmasida taqdim etilgan kitoblar, gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalar o‘zbek kino san’atiga va uning fidoiy namoyondalariga bag‘ishlandi.  “Кино и художественная литература”, “Фильмы и годы”, “Сотворение фильма”, “Ulug‘lar orasida”, “Sahna va zamon” kitoblari mamlakatimizda kino san’atining paydo bo‘lishi, birinchi ommaviy kino namoyishlari, jahon kinematografiyasida yorqin iz qoldirgan birinchi o‘zbek kino aktyorlari haqida hikoya qiladi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari o‘z sevimli aktyorlari, barcha zamonlarda dunyoga mashhur bo‘lgan kinoijodkorlar hayoti va ijodiga dahldor ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. “Hayratlarga to‘la dunyo”, “Sahna sardori”, “Nurli va nursiz osmon”, “Свет погасших звёзд” kitoblari o‘z hayotini kino san’atiga bag‘ishlagan, ular yaratgan filmlar xalq boyligiga aylangan insonlarga bag‘ishlangan. Bu kitoblarda ularning do‘stlari, safdoshlari, zamondoshlari, shogirdlari va muxlislari xotiralari jamlangan.
Ko‘rgazmaning ikkinchi qismi o‘zbek kinematografiyasining “Oltin to‘plami”ga kirgan o‘zbek kinosi durdonalariga bag‘ishlangan. Bunda asarlari asosida kinofilmlar yaratilgan va yillar davomida barchaning sevimli filmlariga aylangan  Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”, G‘ofur G‘ulomning “Shum bola”, Tohir Malikning “Shaytanat”, Hudoyberdi To‘xtaboevning “Sehrli qalpoqcha”, O‘lmas Umarbekovning “Fotima va Zuxra” kitoblari o‘rin olgan.   
Ko‘rgazma va film namoyishiga tashrif buyurgan kutubxona foydalunuvchilari O‘zbekistonda kinematografiya san’atining shakllanishi, o‘z kasbining fidoiylari va iste’dodli kinoijodkorlar: ssenariy mualliflari, operatorlar, rejissyorlar, kadr va kadrorti aktyoralari haqida ko‘pgina qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar