Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik - tog‘dek tayanchimiz, qudratli zaminimizdir” mavzusida adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


26.08.2015

 

2015 yil 26 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga va Qatag‘on qurbonlarining xotirasiga bag‘ishlangan “Mustaqillik tog‘dek tayanchimiz, qudratli zaminimizdir” mavzusida adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg‘armasi raisi N.Karimov, “Vatan” kinofilmi ijodkorlari Z.Musoqov, A.Ubaydullaev, R.Shodieva, B.Yo‘ldoshev, M.Sagdullaev, “Xavas” oilaviy musiqiy ansambl qatnashchilari, xalq ta’limi taassarufidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. 
 

Uchrashuv ishtirokchilari Vatan ozodligi, o‘zbek xalqi baxt-saodati va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarning Fayzulla Xo‘jaev, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon, Usmon Nosir, Maqsud Shayxzoda singari davlat va madaniyat arboblarining nomini tilga olish barobarida dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshilik, qonli to‘qnashuvlar, xalqlar o‘rtasida kuchayib borayotgan o‘zaro nizo va ziddiyatlar, begunoh odamlarning qurbon bo‘layotgani haqida fikr bildirdilar.
 

“Xotira va qadrlash kuni xalq ozodligi yo‘lida shahid ketgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etish nafaqat tarixiy haqiqatni tiklash, ularning pok nomlarini oqlash, balki ularning ibratli hayoti va kurashi misolida yosh avlodda  istiqlol qadriyatlariga xurmat va sadoqat tuyg‘usini tarbiyalash, vatanparvar va xalqsevar ota-bobolarning olijanob an’analarini ular ongi va shuuriga singdirish buyuk kelajagimiz me’morlarini voyaga yetkazish ishiga ham xizmat qiladi”, dedi “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg‘armasi raisi prof.Naim Karimov. 
 

Tadbirda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda beqiyos ahamiyat kasb etgan,  xalq ozodligi yo‘lida shahid ketgan vatandoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan va  yoshlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda ulkan xissa qo‘shayotgan “Vatan” kinofilmidan parcha namoyish etildi. So‘ngra uning ijodkorlari bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvga “Xavas” oilaviy guruhi qatnashchilari ko‘plab tanlovlar g‘oliblari Dostonbek va Robiyaxon G‘ulomjonovlarning va “Nihol” mukofoti sovrindori Qahramon G‘ulomjonovlarning musiqiy chiqishlari o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar