Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
YuNESKO bosh direktorining o‘rinbosari Erik Faltning O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrifi - Bo`limga qaytish


26.08.2015

 

2015 yilning 26 avgustida Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga YuNESKO bosh direktorining o‘rinbosari Erik Falt tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Simpoziumlar saroyi va Milliy kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi uyushtirilib, unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining faoliyati, imkoniyatlari va rivojlanish istikbollari yoritib berildi. 
 
Mexmonni qutlar ekan, Milliy kutubxona direktori A. Xodjaev Yurtboshimiz tashabbusi bilan bunyod etilgan kutubxonaning qurilish tarixi va hozirgi faoliyati, foydalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, elektron bazani yaratish jarayonida qo‘llaniladigan ilg‘or informatsion texnologiyalar, Milliy kutubxonaning xalqaro aloqalari, hususan, turli xil loyixalar doirasidagi amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berdi. Kutubxona bo‘ylab qilingan ekskursiya chog‘ida mehmon kitob muzeyi, ko‘rgazmalar, multimediya va elektron zalllarni ko‘zdan kechirdi. Erik Falt o‘quv zallarini aylanib chiqar ekan, u yerdagi zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlangan maxsus zallarni tomosha qildi, kitob fondining joylashishi va saqlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda hodimlarning vazifalari bilan qiziqdi.

 
Janob Erik Falt 20 mingdan ziyod nashrga ega qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar bo‘limiga ham tashrif buyurdi. Bu yerda u jahon va milliy merosning yozma yodgorliklari hisoblanmish nodir kitoblarning qayta tiklanishi va konservatsiyalash ishlariga nisbatan qiziqish bildirdi.
 
Janob Erik Falt  foydalanuvchilarning kutubxona faoliyatining sunggi ma’lumotlari, shuningdek, onlayn-resurslar, audio-resurslar kioskalari bilan tanishish imkoniyatini beradigan axborot kioskalarining mavjudligini yuqori baholadi va kutubxonaning rivojlanishida mazkur kioskalarning samarali jihatdan muhim ahamiyat kasb etishini kayd etdi. 

Tashrif so‘ngida, YuNESKO Bosh direktorining o‘rinbosari Erik Faltga Uzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan esdalik sovg‘asi taqdim etildi. Janob Erik Falt mexmonlar kitobida o‘z yozuvlarini koldirar ekan, ko‘rsatilayotgan xizmatlardan hayratlanganini qayd etib, kelajakda kutubxonaning yanada rivojlanishiga tilak bildirdi.

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar