O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Amerika tub aholisi raqslari» Amerika raqs dastasi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi -
Bo`limga qaytish
24.08.2015
2015 yil 24 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Amerika tub aholisi raqslari» (Native Pride Dancers) Amerika raqs dastasi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Hayot davomida raqs tushib” deb nomlangan mazkur uchrashuvda O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi vakillari, diplomatik korpus va qo‘shma tashkilotlar a’zolari ishtirok etdilar.

Orienna Snayder, Shaina Snayder, Shon Snayder, Edrian Stivens va Uilyam Leonarddan iborat guruh a’zolari mashhur guruhning tashkil etilishi tarixi, o‘zida tub amerikaliklarga xos zamonaviy va an’anaviy raqs uslublarini mujassam etgan shou dasturlari haqida so‘zlab berishdi.

«Bizning raqqos va raqqosalarimiz xalqimiz keksalariga hurmat izhor qilish ma’nosida xilma-hil yorqin ranglardagi tasmalar, patlar va munchoqlar taqadilar. Bizning raqslarimiz zamonaviy, shu bilan birga, ibtidoiydir, chunki biz har bir mushak va nafasdan foydalanib, boy madaniy merosimizni ifoda etamiz. Bizning vazifamiz tub an’analar orqali madaniy tafovutlarni yengib o‘tish uchun turli hil jamoalarga ma’rifat tarqatish, ilhom baxsh etish, ularni undash va qo‘llab-quvvatlashdan iborat”, deb tanishtirdi guruh a’zosi Orienna Shnayder. Raqs dastasining repertuaridan turli shou konsertlar, bayramlar va namoyishlarda ishtirok etish o‘rin olgan.

Guruh a’zolari baraban zarblari ostida raqga tushar ekan, o‘z raqslari orqali Amerika tub aholisi o‘zligini, insonlararo hurmatni izhor etadilar, avloddan avlodgacha o‘tib kelgan boy madaniy tarixi-yu an’analarni ifoda etadilar va shu bilan ularning madaniy merosini, marosimlari, til va e’tiqodini saqlab qolishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
.jpg)
Ijodiy uchrashuv ishtirokchilari Meskuaki elatiga oid Sak va Foks qabilalari, Shayenn daryosining Lakota elati, janubiy Yuta, Siu, Ojibue, Dakota, Menomini, Kri, Xo-Chank, Navaxo qabilalari raqslarini, hamda Ojibue qabilasi davolash raqsi, fantastik jang raqsi, maysa raqsi va cho‘l xo‘rozi raqsini muqom etdilar va mazkur harakatlarning ma’nosi va ramzlarini sharhladilar.

Mehmonlar tub hindu xalqlarining madaniy tarixi, an’analari, yo‘llari, e’tiqodlari va ruhiy ahamiyati bilan yaqidan tanishish, guruh a’zolariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish, ularning doira zarblari ostidagi raqslarining sehrli kuchidan bahramand bo‘lish va musiqa maromidan lazzat olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.