Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Tursunxon Ja’farova 100- yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi - Bo`limga qaytish


15.08.2015

 

2015 yil 15  avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Tursunxon Ja’farova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Iste’dodli teatr va kino aktrisasi” mavzusida adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi ochildi.
Tursunxon Ja’farova 1915 yilda Namanganda tavallud topdi. 1931-40 yillarda u Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida, 1941 yildan esa Muqimiy teatrida ishlagan.
Uning ijodida kuch¬li dramatizm, aniq sahna harakatlari, qahramonlarining hissiyotlarini yorqin talqin eta olish qobiliyati ifodalangan. Undagi ayollik nazokati-yu, fikr-mulohazasining teranligi unga tomoshabinlar yodida uzoq saqlanib qoladigan rollar ijro etishiga ko‘maklashadi. Teatrda “Halima” spektaklidagi Halima, “Layli va Majnun” spektaklidagi Layli,  “Gulsara” spektaklidagi Gulsara, “Toshbolta oshiq” spektaklidagi Risolat, “Nodira” spektaklidagi Nodira rollari kabi T.Ja’farova kinoda ham tomoshabinlarga manzur ko‘plab obrazlarni gavdalantirgan. Bu, “O‘n uch terak ko‘chasi” filmidagi ona, “Shashmaqom” va “Buvimni qaytaring” filmlaridagi buvi, “Kelinlar qo‘zg‘oloni” filmidagi Farmonbibi va bshq.
Ko‘rgazmada iqtidorli aktrisa T.Ja’farova ijod yo‘li haqida hikoya qiluvchi, teatrshunoslar, aktrisaning zamondoshlari va shogirdalri xotiralari jamlangan “Saxnam va saxnadoshlarim”, “Teatr saxnasidagi o‘zbek dramaturgiyasi”, “Saxna va zamon” kitoblari, O‘zbekiston xalq artisti Tursunxon Ja’farova san’at yo‘li haqidagi maqolalar chop etilgan “Teatr” jurnali sonlari hamda aktrisaning hayoti va mahorati aks ettirilgan fotosuratlar taqdim etilgan.  
Iste’dodli teatr va kino aktrisasi Tursunxon Ja’farova 100- yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar  xalq  artistining shaxsiy va sahna hayotiga doir ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ladalir.

 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar