O‘zbekiston Milliy kutubxonasi "Yurtim jamoli" foto tanlovini e’lon qiladi -
Bo`limga qaytish
17.08.2015
Mustaqilligimizning 24 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Yurtim jamoli» deb nomlangan foto tanlov o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar 2015 yil 3 sentyabrga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining hoto@natlib.uz elektron manziliga o‘z foto suratlarini hamda o‘zlari haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishlari so‘raladi.
Fotosuratlarga qo‘yilgan talablar:
- Tanlovga qo‘yiladigan fotosuratlar ishtirokchining o‘ziga tegishli yoki u tomonidan suratga olingan bo‘lishi kerak.
- Tanlovga nomunosib mazmundagi, fotobanklardan olingan yoki axloqsiz elementlarga ega bo‘lgan fotosuratlar qabul qilinmaydi.
- Fotosuratlar ramkasiz, yozuvlarsiz, belgilarsiz bo‘lishi kerak.
- Tanlovga professional hamda havaskorlar tomonidan olingan fotosuratlar qabul qilinadi.
Fotosuratlarning hajmiga qo‘yilgan talablar:
• suratlar uzunasiga 800 px. dan kam bo‘lmasligi kerak;
• suratlar .jpg formatida bo‘lishi kerak;
• fotosuratlarni grafik taxrirlash mumkin.
Tanlovda har bir ishtirokchidan 6 donadan ortiq fotosuratlari qabul qilinmaydi;
Fotosuratlarni O‘zbekiston manzaralari, tabiati, urf-odatlari, shaharlari kabi nomlash maqsadga muvofiqdir.
Tanlov natijalari 2015 yilning 4 sentyabr kuni e’lon qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: 239-19-02