O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASINING NODIR KITOBLAR MUZEYI EKSPONATLARI YANGILANDI -
Bo`limga qaytish
03.08.2015
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Noyob kitoblar muzeyi”dagi navbatdagi ekspozitsiyasi “Mustaqillikning ma’naviy poydevorlari” mavzusidagi manbalarga bag‘ishlandi.
Ekspozitsiyaga davlatchilik masalalariga bag‘ishlangan, davlatchilik shakllari, davlat sistemasi, ijtimoiy tuzumning xususiyatlari, siyosif va madaniy an’analarning shakllanishiga oid kitoblar saralab olindi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar” fondida saqlanayotgan mustaqillikning ma’naviy poydevorlariga asos bo‘la oladigan manbalarni tanlashda ularning nashr etilgan davri, noyobligi, shuningdek, o‘rta asrlarda yashab, ijod etgan hamda faoliyat olib borgan mutafakkirlarimiz, davlat arboblarimiz haqida yozilgan asarlarga e’tibor qaratildi. Ular ichida eng qadimiysi XVI asr oxirlarida nashr etilgan bo‘lib, qolganlari asosan XVIII va XIX asrlarni tashkil etmoqda. Ko‘rgazma mavzusi buyuk mutafakkir olimlarimizning boy ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega manbalaridan tashkil topgan.
Ko‘rgazmada Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqalar haqida yozilgan asarlarga alohida o‘rin ajratilgan.
Ko‘rgazma joriy yilning 31 avgustiga qadar davom etadi.