O‘zbekiston Milliy kutubxonasida avgust oyida tashkil qilinadigan tadbirlar -
Bo`limga qaytish
31.07.2015
4 avgust kuni “Ijod” zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Qoraqalpog‘iston xalq rassomi Igor Vitalevich Saviskiy tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Sredneaziatskiy Tretyakov» nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
10 avgust kuni “Ijod” zalida O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejisser Amin Turdiev (1910-1978) tavalludining 105 yilligiga “San’atga fidoyi inson” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma;
15 avgust kuni “Tafakkur” zalida O‘zbekiston xalq artisti Tursunxon Ja’farova tavalludining 100 yilligiga “Iste’dodli teatr va kino aktrisasi” mavzusida adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi;
16 avgust kuni “Tafakkur” zalida Sharqning ulug‘ allomasi, faylasuf, tabib va shoir Abu ali Ibn Sino tavalludining 1035 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk alloma qomusiy olim” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
24 avgust kuni majlislar zalida Amerika raqs dastasining «Amerika mahaliy aholisi raqslari» (Native Pride Dancers) ijodiy uchrashuv;
27 avgust kuni “Ijod” zalida “Kino kuni” munosabati bilan “Kino olamiga sayohat - Путешествие в мир кино” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma va kinomarkazda “Oltin to‘plam”dan o‘rin olgan o‘zbek milliy kinosi durdonalari namoyishi;
30 avgust kuni “Kashfiyot” zalida O‘rta Osiyoning atoqli bibliograflaridan biri Nikolay Appolonovich Burov (1885-1969) tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma va bibliografik obzor
Tadbirlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin