Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
27.07.2015
20–24 iyulgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 99 ta yangi nomdagi axborot-kutubxona resurslari qabul qilinib (quyidagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat – 27 ta, ta’lim va pedagogika – 4 ta, ijtimoiy fanlar – 12 ta, badiiy adabiyot – 49 ta, adabiyotshunoslik – 2 ta, qishloq xo‘jaligi – 1 ta, texnika – 2 ta, san’at – 2 ta) ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun Kitob fondi va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 84 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
Joriy yilda 1719 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AAKT dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarning soni 554650 taga yetdi.
Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 46 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 43 ta va bolalar adabiyoti uchun 3 ta) berildi. 16 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 1 ta raqam berildi. 5 shartnoma tuzildi.