Foydali resurslar
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida 2012 yildan milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 14 fevral kuni Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i bilan hamkorlikda tashkil qilgan “Dil izhorlari” tanlovini 14 fevral kuni yakunladi. Tanlovda uch yo‘nalish bo‘yicha, ya'ni “Ona Vatanga”, “Onaga”, “Sevgan insoniga” atalgan Dil izhorlari g‘oliblari aniqlandi. Eng ko‘p dil izhorlari “Ona Vatanga” bag‘ishlangan bo‘lib, quydagi foydalanuvchilar kutubxona va Muloqot.uz dan sovg‘alar sohibiga aylandilar. Sovg‘alar: “Yagonam” o‘zbek milliy badiiy filmiga 2 chipta, “Ilhom” teatrining “Bizning mahalla” spektakliga 2 chipta va Muloqot.uz kafesiga 2 chipta.
Kutubxona foydalanuvchilarga bugungi kunda o‘zbek she'riyatida qalam tebratayotgan, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir, kutubxonamizning doimiy kitobxoni Muhammad Ismoil bilan ijodiy uchrashuv tashkil qildi. Tadbirda shoirlar Nurmuhammad Isroil, Mahmud Yo‘ldoshev, Shukur Qurbon, suhandon Bahodir Mardiyev, xonanda Baxtiyor Sultonov, Madaniyat va san'at instituti talabalari hamda shoirning ko‘plab muxlislari ishtirok etdi.