Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Shaxmat – zehn idrok dahosi” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


20.07.2015

 

2015 yil 20 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida FIDE – Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan 1966 yilda ta’sis etilgan Xalqaro shaxmat kuniga bag‘ishlangan “Shaxmat – zehn idrok dahosi” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad kutubxona foydalanuvchilarining shaxmatga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirib, ularni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida mavjud shaxmatga doir adabiyotlar bilan tanishtirish. 
Ko‘rgazmada mustaqil o‘rganuvchilar uchun “Shaxmat”, “Shaxmat mo‘’jizasi”, “Shaxmatы dlya vsey semьi” qo‘llanmalari, qiziqarli shaxmat etyudlari o‘rin olgan “Uroki shaxmat”, “Shaxmatnыy uchebnik v etyudax”, “100 shaxmatnыx etyudov”, “100 shedevrov shaxmatnыx kompozitsiy” kitoblari, shaxmat olamidan va uning namoyondalari hayotidan qiziqarli voqealar haqidagi “Shaxmat san’ati durdonalari”, “Shaxmat koni hikmat” kitoblar va shaxmat murabbiylari uchun “100 priklyucheniy na shaxmatnoy doske”, “Shaxmatnaya teradь dlya detey” deb nomlangan uslubiy risolalar taqdim etilgan.
Ko‘rgazmadagi kitoblar nafaqat shaxmat ustalari va ixlosmandlari, balki shaxmat olamiga kirib kelayotgan yosh shaxmatchilarga ham mo‘ljallangan. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mamlakatimizda shaxmat o‘yinini targ‘ib etishda ahamiyatli o‘rin egallab kelmoqda. Bunga misol qilib, har yili “INFOLIB” Milliy haftaligi doirasida o‘tkazilib kelinayotgan shaxmat turnirlarini e’tirof etish mumkin. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi mazkut mavzuga oid ko‘plab kitoblarga ega, kutubxona foydalanuvchilari esa ularga o‘z mahorat darajalariga ko‘ra bo‘yurtma berishlari mumkin. 
Kitob-rasmli ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar u erda ko‘pgina ma’lumotga ega bo‘ladilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topadilar.

 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar