O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Theory and Methods of Strength Assessment of Earth Dams” (“Gruntli to‘g‘onlarning mustahkamlik ishonchliligini baholash nazariyasi va usullari”) kitobi bilan boyitildi -
Bo`limga qaytish
16.07.2015
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Theory and Methods of Strength Assessment of Earth Dams” (“Gruntli to‘g‘onlarning mustahkamlik ishonchliligini baholash nazariyasi va usullari”) kitobi bilan boyitildi. 330 bet hajmli mazkur kitob «LAP LAMBERT Academik Pablishing» nashriyoti tomonidan 2015 yilda ingliz tilida chop etildi.
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti nazariy va qurilish mexanikasi kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor M.M.Mirsaidov va texnika fanlari nomzodi, dotsent T.Z.Sultonovlarning kitobi gruntli inshootlarning havfsizligini va ishonchliligini ta’minlash muammosiga bag‘ishlangan. Muammoning dolzarbligi ahamiyati uning fojiali yakuni oqibatida yetkazilgan iqtisodiy talofat bilan bog‘liq.
Kitobda ehtimollik tahlili va inshootlar havfsizligi muammolarining amalda hal etilishiga mualliflar yondoshuvi va ular tavsiya etayotgan uslublar bayon etilgan. Mualliflar ilmiy tadqiq etilgan nazariya va gruntli inshootlarning mustahkamlik ishonchliligini baholash nazariyasi va usullarini keltirib, ularning asosiy parametrlaridan kelib chiqib mustahkamligini baholash uchun hisoblash usulini taklif etadilar va mavjud mustahkamligini baholash modellarini sharhlaydilar. Shunindek, kitobda bunday ko‘lamdagi inshootlar qurilishida hisoblash uslublari va ularning nazariy asoslari berilgan. Ishlab chiqilgan uslublar gruntli inshootlarning holatini va mustaxkamlik darajasini baholash va ulardagi xavfli qismlarni aniqlashga yordam beradi.
Jadvallar va chizmalarda keltirilgan gruntli to‘g‘onlarni mustaxkamlash usuli to‘g‘risidagi ma’lumot, hamda ilmiy asoslangan diagramma va matematik hisoblar soha mutaxassislari uchun juda qizikarli va gidrotexnik inshootlar injener-quruvchilari uchun foydali bo‘lishi shubhasiz.
