Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
03.07.2015
29.06-03.07 iyulgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 166 ta yangi nomdagi axborot-kutubxona resurslari qabul qilinib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 25 ta, ta'lim va pedagogika - 4 ta, tabiiy fanlar - 9 ta, badiiy adabiyot - 69 ta, tilshunoslik - 4 ta, adabiyotshunoslik - 6 ta, tibbiyot - 23 ta, qishloq xo‘jaligi - 5 ta, texnika - 16 ta, san'at - 5 ta ) ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun Kitob fondi va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarning 40 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
Joriy yilda 1686 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AAKT dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarning soni 553150 taga yetdi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2015 yil 29iyun - 3 iyul holatiga ko‘ra 2 gazeta, 5 jurnallardan, jami 84 bibliografik yozuv kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 88 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 84 ta va bolalar adabiyoti uchun 4 ta) berildi. 20 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 2 ta raqam berildi. 3 shartnoma tuzildi. 1 tahririyat raqami tasdiqlandi.