Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Тюркские рукописи Королевской библиотеки Берлина” katalogi bilan boyitildi - Bo`limga qaytish


03.07.2015

 

Germaniya Davlat kutubxonasi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga “Тюркские рукописи Королевской библиотеки Берлина”  (“Berlin Qirollik kutubxonasidagi turk qo‘lyozmalari”) katalogini taqdim etdi. 1889 yilda „A.Asher & CO” nashriyoti tomonidan chop etilgan. Katalog XI asrdan boshlab qayd etilgan manbalar xronologik tartibda berilgan.
Katalogda muallif Vilxelm Perch har bir asarning qisqacha xarakteristikasini, uning Qirollik kutubxonasida joylashgan joyi va ular boshlangan kalit so‘zlarni bergan. Unda arab va fors so‘zlari turkiy tilda talaffuz qilinishicha berilgan.
Katalog mazmunining ensiklopediya, bibliografiya, huquq, din, falsafa, maqollar, san’at, kosmografiya, geografiya, matematika, astronomiya, siyosat, statistika, botanika, nazm, nasr mavzulariga bo‘linishi qidirilayotgan materialning tez topilishini ta’minlaydi.
Qidiruvni, shuningdek, boblarning kichik mavzularga bo‘linganligi ham yengillashtiradi. Katalogda manbalar saxifa ko‘rsatkichlaridan tashqari kutubxonada qayd etilgan raqam ko‘rsatkichlari ham berilgan. Nazm va nasr bo‘limlarida tuzuvchi mualliflarning familiyasini alfavit bo‘yicha berganligi ular haqidagi ma’lumotlarni qidirishda qulaylik yaratadi. Shuningdek, katalogda mualliflarning Yevropada mashhur bo‘lgan sitatalari ham berilgan. 
“Тюркские рукописи Королевской библиотеки Берлина” katalogi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar fondida saqlanadi va sharqshunos olimlar ilmiy izlanishlarida beminnat yordamchi va ularning kelajakdagi kashfiyotlariga asos bo‘ladi. 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar