Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Migratsiya, mehnat va xavfsizlik” jurnalining nashrlari bilan boyitildi - Bo`limga qaytish


03.07.2015

 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga “Migratsiya, mehnat va xavfsizlik” jurnalining nashrlari kelib tushdi. Jurnal xorijda mehnat faoliyatini qonuniy amalga oshirish niyatida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun mo‘ljallangan. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish niyatida bo‘lgan aksari O‘zbekiston fuqarolarini qanday qilib buni qonun doirasida amalga oshirish mumkinligi, ular shartnoma tuzgan agentlik qay darajada ishonchli ekanligi va Vatandan yiroqda ularning huquqlari qay darajada kafolatganligini bilishni xohlaydilar.
Jurnal fuqarolarni xorijda mehnat faoliyatini qonuniy amalga oshirishi to‘g‘risidagi Nizom, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan xalqaro kelishuvlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan, agentliklar taqdim etayotgan ijtimoiy, mehnat va boshqa kafolatlar va xususiy mehnat shartnomalari orqali xorijda mehnat faoliyatini qonuniy amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomani olish yul-yuriqlari bilan tanishtiradi.  
 Jurnal sahifalarida tashqi noqonuniy mehnat migratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va fuqarolarning moslashtirish va o‘qitish markazi vakillarining maslahatlari va tavsiyalari va noqonuniy yo‘l bilan xorijga chiqib ketgan vatandoshlarimizning achchiq qismatlari tafsilotlari berilgan.
“Migratsiya, mehnat va xavfsizlik” jurnalida zamonamizning dolzarb – odam savdosi   muammosi muhokama etiladi. U odam savdosi- bu qullikning zamonaviy shakli ekanligini, huquqiy savodxonligi sayoz insonlar uning qurboniga aylanayotganligini yodga soladi. Bu yerda odam savdosi turlari, aksari uning qurboniga aylanayotganlar va dunyoda samarali deb tan olingan odam savdosiga qarshi kurashning O‘zbekiston tajribasi haqida hikoya qilinadi.
Shubhasiz, “Migratsiya, mehnat va xavfsizlik” jurnali xorijda mehnat faoliyatini qonuniy amalga oshirish masalalari bilan qiziquvchilar, tegishli agentliklar va huquq tizimi mutaxassislari uchun ham qiziqarlidir.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar