Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
07.03.2013 2013 yil 6 mart kuni soat 11.00da Alisher Navoi nomidagi O’zbеkiston Milliy kutubxonasida anjumanlar zalida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining sovg`alarini qabul qilish, sovrindorlar yutuqlarini keng targ`ib etish marosimi bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyuldagi "Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta'sis etish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g`risida"gi PF-2326-sonli Farmonida barkamol avlodni voyaga yetkazish, ular orasidan iqtidorli qizlarning adabiyot, san'at, ta'lim fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, shuningdek, keng ko`lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtiroklarini rag`batlantirish ko`zda tutilgan. Ushbu farmonning qabul qilinishi natijasida mamlakatimizda ilg`or , iqtidorli qizlarning safi yanada kengayishi, ularning ijtimoiy faolligi oshishi va jamiyat hayotida o`z o`rnini topishiga keng imkoniyat yaratildi. 

07.03.2013 6 mart kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida San`at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda “Muhtarama ayol” xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan adabiy - badiiy kecha o`tkazildi.

Ayol bu-mehr-muhabbat, ayol-Vatan, ayol-go’zallik va nafosat timsoli.   Vatan, yurt so’zlarining ona so’zi bilan payvasta aytilishi ham ayolning buyukligidan dalolatdir. Ayol-oilamiz, xonadonimiz oftobi, tirikligimiz quyoshi.  Ayol – borliq ko’zgusi. Uning go’zalligi olamni charog’on etadi, chunki uning niyati pok, o’zi pok. Shu bois  uni avaylab, asragan yurtning kelajagini porloq deb naql qilishadi.

04.03.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilish hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 25 fevral - 1 mart holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi: 
45 nusxa gazeta; 25 nusxa jurnal; jami 592 bibliografik yozuv kiritildi; 261 bibliografik yozuv tahrir qilindi. 
01.03.2013 Milliy kutubxonada katalogizatsiya bo‘yicha olib borilgan ishlar

25 fevraldan 1 martgacha   Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 145 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 136 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 28 ta; tibbiyot - 8 ta; badiiy adabiyot -16 ta; ta'lim va madaniyat - 45 ta; texnika - 5 ta; adabiyotshunoslik - 26 ta; tabiiy fanlar -8 ta) 9 ta  CD-ROM, (texnika - 9 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi (AIBS) dasturiga kiritilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi. 
28.02.2013 27 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Diniy ekstremizm. Ma'naviyatga tahdid ” mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Terrorizm muammosi XX asrning oxiri, ayniqsa uning so‘nggi o‘n yilida xalqaro jamoatchilikni qattiq tashvishga solib qo‘ydi. Terrorizm Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, ko‘plab mintaqaviy, xalqaro, nodavlat va jamoatchilik tashkilotlari, qonunchilik va ijroiya, huquq-tartibot organlari va maxsus xizmatlari uchun o‘ta muhim muammoga aylandi.

28.02.2013 2013 yil 27 fevralda O`zbekiston Milliy kutubhonasida “Milliy tiklanish demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi Ijroiya Qo`mitasi” hamkorligida “Mustaqil O`zbekiston- dunyo e`tirofida”mavzusidagi davra suhbati bo`lib o`tdi

Joriy yilning 27 fevral kuni O`zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi "Yoshlar qanoti" tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo`lganligiga 21 yil to`lishi munosabati bilan "Mustaqil O`zbekiston - dunyo e'tirofida" mavzusidagi davra suxbati tashkil etildi.


Oldin   150 151 152 153 154 155 156 157 158 159 160 161 162 163 164 165 166 167 168 169 170 171 172    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar