O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bolalarni ingliz tiliga o‘rgatish darslari tashkil etildi -
Bo`limga qaytish
02.07.2015
Maktab o‘quvchilarining yozgi ta’til kunlarida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida faoliyat yuritayotgan chet tillarni rivojlantirish va targ‘ib etish markazi - «Your school» tomonidan bolalar uchun ingliz tili darslari tashkil etildi.
.jpg)
Darslarni Markaz o‘qituvchisi Sevinch Xudoyorova olib boradi, Kamola va Farangiz Lafasovalar esa unga yaqindan ko‘mak berishmoqda. 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar ularda asosiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan, maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida tashkil etilgan. Mazkur dastur asosida olib borilgan darslar natijasida bolalar birinchi darsdayoq ingliz tilida muammosiz chiroyli va to‘g‘ri gapirish ga o‘rganmoqdalar.

Bolalarda ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish maqsadida ularga ingliz tilida multfilmlar namoyish etilmoqda, ular bilan turli qo‘shiqlar o‘rganilmoqda va qiziqarli harakatli o‘yinlar o‘ynalmoqda. Darslarda qo‘llanilib kelinayotgan ingliz tilidagi multimedia materiallari (video mashg‘ulotlar) Markaz o‘qituvchilari tomonidan mahorat bilan tayyorlangan.

Yengil o‘yin shaklidagi mashg‘ulotlar bolalarga hamisha harakatda bo‘lishga va atrofdagilar bilan aloqada bo‘lishga, shu bilan birga, til to‘sig‘ini yengishga imkoniyat yaratadi. Hozirga qadar o‘tkazilgan 5 mashg‘ulot davomida bolajonlar ingliz tilida o‘qishni, sanashni o‘rgandilar, hafta kunlarini nomlanishini, predmetlarning rangi va geometrik shakllarini bilib oldilar.

O‘qituvchilar bolalarning ish va uy ishi daftarlarida vazifalarni baholab (yelim smayllar yordamida) borishlari tufayli ota-onalar farzandlarinig o‘zlashtirish davomatlari bilan tanishib o‘qish jarayonini kuzatib borishadi.
Bolalar uchun ingliz tili darslari Milliy kutubxona kino markazida haftasiga 2 marta: chorshanba va shanba kunlari soat 10dan 12ga qadar o‘tkazilmoqda.