Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kunga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi - Bo`limga qaytish


02.07.2015

 

2015 yil 2 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kunga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Davlat ramzi – bu mustaqil davlat belgisidir. U davlat bayrog‘i, davlat gerbi, davlat madhiyasi, mamlakat milliy valyutasi, mamlakat Konstitutsiyasida va muhim qaror hamda an’analarda o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligining birinchi yilidayoq Davlat gerbiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi – mamlakatimiz davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir. U 1992 yil 2 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida tasdiqlandi. “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan o‘zga shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini behurmat qilganlik O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi” (“O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasi). Bugun O‘zbekistonimizni jahonning turli burchaklarida gerbiga qarab ham tanishadi.Tamg‘amizdagi har bir chiziq, har bir rang, har bir belgida muayyan ramziy ma’no bor.
Ko‘rgazmada “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi”, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni va qonun hujjatlariga doir nashrlar, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri aks ettirilgan nashrlar va ilmiy maqolalar, gerb tasvirini o‘rganishga oid bo‘lgan manbalar, davlatimiz gerbi to‘g‘risida yozilgan publitsistik maqolalar, she’rlar, ocherklar, uning yaratilish tarixi va ta’rifi bayon etilgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi”, “Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura”, “Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida”, “Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “Temur tuzuklari”, “Davlatimiz ramzlari”, “Davlat ramzlari”, “Ramzing – qanoting”,”Davlat gerbi, bayroq haqida saboq”, “Mustaqil yurtimizning davlat ramzlari”, “Tug‘ va tug‘ro, burj va burch. Vatan timsollari”, “Davlat ramzlariga hurmat - muqaddas burch”, “Ramzlarda g‘urur, faxr tuyg‘ular”, “G‘ururimiz va iftixorimiz timsoli”, “Gerbimiz – faxrimiz”, “Or-nomusimiz va qadr-qimmatimiz ramzi” va “Davlat xumosi” kabi kitoblar, davlat hujjatlari va foto-suratlar namoyish etilgan.
Ko‘rgazma bilan tanishgan kutubxona foydalanuvchilari O‘zbekiston Respublikasi davlatchilik tarixi, Davlat ramzlarining shakllanishi jihatlari va har bir mamlakat uchun Gerbning ahamiyati va mohiyati haqida kshplab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.

 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar