2015 yil 1 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida fiziolog olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi Ahmad Yunusov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ahmad Yunusov 1910 yil 1 iyul kuni Toshkentda tug‘ilgan. O‘z ilmiy izlanishlarida u O‘rta Osiyo paxtachilik va ipakchilik institutida, Toshkent pedagogika institutida, farmasevtika va tibbiyot institutlari fiziologiya kafedralarida, zooligiya va parazitologiya instituti (hozirgi fiziologiya instituti)da o‘tkazgan ilmiy tadqiqotlari natijalarini aks ettirgan.
A.Yunusovning ilmiy ishlari odam va hayvon organizmidagi suv-tuz almashinuvi regulyatsiyasidagi ovqat hazm qilish a’zolarining ahamiyatini tekshirish, kimyoviy termoregulyatsiya, yuqori haroratli sharoitda fiziologik funksiyalarmexanizmining o‘zgarishini o‘rganishga bagishlangan. Uning tadqiqotlari asosida issiq sharoitda ishlaydiganlarning tuz iste’mol qilish me’yori, qoramoldan me’da shirasi olish yo‘li bilan ishlab chiqilgan. Hozirga qadar talabalar va ilmiy tadqiqotchilar uchun uning bu kitoblarning muqobili yaratilmagan.
Ko‘rgazmada biologiyaning ajralmas bo‘lagi bo‘lmish fiziologiya sohasiga doir adabiyotlar va buyuk fiziolog olimlar haqida xotira-kitoblar namoyish etilmoqda. Fiziologiya faniga qiziquvchi kutubxona foydalanuvchilari “Tashnalik va uni qondirish”, “Функции водно-солевых депо в различных температурных условиях”, “Адаптация человека и животных к высокой температуре”, “Физиология практикуми”, “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi”, “Функции организма в жарком климате”, “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining fiziologiyasi” va “Fiziologik terminlarning izohli lug‘ati” kitoblarida sohalariga doir o‘zlarini qiziqtirgan barcha ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
A.Yunusovning “Odam fiziologiyasi” talabalar uchun darslik kitobi esa har bir biolog ish stolida bo‘lishi kerak bo‘lgan kitbga aylangan.