Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tarixchi va sharqshunos olim, bibliograf, kitobshunos Ye.Betger hayotiga bag‘ishlangan bibliografik obzor va adabiyotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


30.06.2015

 

2015 yil 30 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tarixchi va sharqshunos olim, bibliograf, kitobshunos Yevgeniy  Karlovich  Betger hayotiga bag‘ishlangan bibliografik obzor va “Kitoblarga baxshida umr” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish xizmati rahbari Shoira Raximova Milliy kutubxona mutaxassislari uchun o‘tkazgan bibliografik sharhda taniqli sovet va o‘zbek kitobshunosi, bibliograf, kutubxonashunos, sharqshunos-tarjimon va muallim Yevgeniy Karlovich Betger hayoti va faoliyati haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, u Ye.K.Betgerning eskirgan katalog tizimini “Universal o‘nlik klassifikatsiyasi” (UDK) zamonaviy jadvaliga o‘tkazish borasida qilgan innovatsion va dolzarb taklifi to‘g‘risida gapirib: “Ye.K.Betger bibliografik ko‘rsatkichlardagi mavjud UDK iqtibozlarini birma-bir qo‘lda yozib chiqib, yagona jadval holiga keltirdi va 1918 yil yozida milliy Turkiston kutubxonalari xodimlari uchun “Universal o‘nlik klassifikatsiyasi” risolasini chop etdi. Uning ishi bilan tanishib chiqqan Bryussel Xalqaro kutubxona instituti tadqiqotchilari Betgerga amalga oshirgan  ishlari uchun tashakkur izhor etdilar va novatorlik g‘oyalarini tan olganliklarini aytdilar. Risolaga ilova qilingan uslubiy ishlanma uzoq yillar davomida UDK va boshqa kutubxona texnikasida Turkiston kutubxona fondlari xodimlari uchun yagona qo‘llanma sifatida xizmat qilib kelgan,” dedi. 
Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati rahbari Nargiza Zoitova esa uning kutubxona fondini boyishiga qo‘shgan xissasini alohida ta’kidladi. “Ye.K.Betger davlat kutubxonasining katta boyligi - “Turkestanskiy sbornik”ga ko‘p mehnat va vaqtini bag‘ishlar edi. U keyinchalik topilgan manbalar bilan to‘ldirib borar edi. 1952 yilda esa Ye.K.Betger Moskva kutubxonasi nodir nashrlar bo‘limida “Turkestanskiy sbornik”ning yana 29 jildini borligini aniqladi. Tadqiqot davomida ularning sarlavhalari va manba ko‘rsatkichlari to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi.  Betger ularni manbasi, sanasi sa sohasi bo‘yicha ajratib tartibga soldi va barcha 29 jildga sohasi, mazmuni va manbalarda keltirilgan mualliflarning shaxsi bo‘yicha ko‘rsatkichlar tuzdi. 1953 yilda esa muqobili bo‘lmagan 594 jilddan iborat “Turkestanskiy sbornik” ilmiy ta’riflari va tavsiflari bilan Alisher Navoiy nomidagi Davlat kutubxonasiga armug‘on etildi.
“Kitoblarga baxshida umr” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasida tarixchi, sharqshunos, bibliograf va kitobshunos Ye.K.Betgerning kitoblari, ilmiy izlanishlari, ilmiy risolalari, o‘quv qo‘llanmalari va uning faoliyati haqida xotira-kitoblar o‘rin oldi. Kutubxona xodimlari bibliografning hayoti haqida aniq asoslarga tayangan, qiziqarli ma’lumotlarga va Betgerning kitoblari va ilmiy ishlari bibliografik ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldilar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar