Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
03.12.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag‘ishlangan davra-suhbati bo‘lib o‘tdi


2015 yil 2 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan “Baxtimiz qomusi” nomli davra-suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jamoat tashkilotlari vakillari, Toshkent Tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiy fakulteti o‘qituvchilari va kursantlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

30.11.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Mark Tven tavalludining 180 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi


2015 yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida amerika yozuvchisi, hajvchi, jurnalist va jamoat arbobi Mark Tven (haqiqiy ismi - Semyuel Lengxorn Klemens) tavalludining 180 yilligiga bag‘ishlangan “Amerika adabiyotining asl otasi” (“Istinnыy otes amerikanskoy literaturы”) nomli kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Uning ijodi realizm, romantizm, yumor, satira, falsafiy fantastika, publitsistika va boshqa janrlarni qamrab olgan. 

Mark Tvenning asarlari amerika yozuvchilari Ernest Xeminguey va Uilyam Folkner ijodiga ta’sir o‘tkazib, ularni o‘z mashhur asarlarini yaratishga ilhomlantirdi. 

30.11.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi


2015 yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘R VMning 2011 yil 18-noyabr kunidagi  309-K sonli qaroriga muvofiq mamlakatimizda har yili 20 noyabrdan 20 dekabrga qadar o‘tkazilayotgan “Yongin xavfsizligi oyligi”dan ko‘zlangan maqsad – aholi punktlari, ijtimoiy-iqtisodiy ob’ektlarda yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini kuchaytirish, fuqarolarni yong‘in sabablari va uning asoratlaridan habardor qilish.

30.11.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2015 yil noyabr oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 124267 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 700 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.

2015 yilning oktabr oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 3228 shundan chet el fuqorosi 17 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 1390;
O‘quvchi – 1044;
Abituriyent – 268;
Magistr – 90;
Ilmiy xodim – 7

27.11.2015 Foydalanuvchilar diqqatiga!

  

2015 yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tozalik kuni munosabati bilan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
Ma'muriyat
27.11.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida dekabr oyida tashkil qilinadigan tadbirlar


1 dekabr kuni
 “Tafakkur” zalida “OITS ga qarshi kurash kuni” ga bag‘ishlangan  “OITS- sog‘lom hayot uchun ogohlik”  nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
2 dekabr kuni soat 15:00da kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan “Baxtimiz qomusi” nomli davra-suhbati, “Tafakkur” zalida “Konstitutsiya – huquqimiz asosi” nomli ko‘rgazma; 
3 dekabr kuni “O‘zbekiston” zalida Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni munosabati bilan “Har ko‘ngilda orzu ulg‘ayar” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma


Oldin   5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar