Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


26.06.2015

22 – 26 iyungacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 369 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shulardan 99 ta kitob (quyidagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 43 ta, ta’lim va madaniyat – 19 ta, texnika – 2 ta, qishloq xo‘jaligi – 6 ta, san’at – 9 ta, tabiiy fanlar – 10 ta, badiiy adabiyotlar – 13 ta, tilshunoslik – 2 ta, dinshunoslik – 1 ta ), 270 ta avtoreferatlarga (siyosat - 111 ta, tibbiyot - 40 ta,  texnika - 49 ta, tabiiy fanlar – 22 ta,  ta’lim va madaniyat – 11 ta, qishloq xo‘jaligi - 21 ta, san’at - 5 ta, sport – 4 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

Joriy yilda 1506 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.

Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni  552663 taga yetdi.

Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma’lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2015 yil 22 – 26 iyun holatiga ko‘ra 19 gazeta, 7 jurnallardan, jami 378 bibliografik yozuv kiritildi. 110 bibliografik yozuv tahrir qilindi. 218 maqola makroob’yektga ulandi.

O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 73 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 72 ta va bolalar adabiyoti uchun 1 ta) berildi. 24 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar