Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi - Bo`limga qaytish


26.06.2015

2015 yil 26 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Butunjahon giyohvandlikka qarshi  kurash kuniga bag‘ishlangan “Zahri qotil – inson umrining kushandasi” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Mazkur ko‘rgazmaning maqsadi kutubxona foydalanuvchilari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.

Butunjahon giyohvandlik moddalarining suiste’mol qilinishi va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1987 yilda ta’sis etilgan. Bu sana jahon hamjamiyatining giyohvandlikdan holi jamiyat qurish kabi yagona istak atrofida birlashish timsoli sanaladi. 

Kitob-rasmli ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar sog‘lom turmush tarzi va giyohvandlik tobeligining asoratlari haqida so‘zlovchi boy materiallarga ega. Masalan, “На краю пропасти” va “So‘nggi pushaymon – o‘zingga dushman” kitoblari giyohvandlarga nimalarni yo‘qotayotgani haqida ma’lumot bersa, bu illardan yiroq bo‘lganlarga yorqin kelajagi va istiqboli haqida hikoya qiladi.

Ko‘rgazma mazkur mavzuga bag‘ishlangan fotosuratlar va davriy nashrlardan olingan maqolalar turfa xilligi bilan foydalanuvchilar e’tiborini jalb qildi. “Narkologiyadan o‘quv qo‘llanma”, “Narkologiya”, “Profilaktika narkomanii u podrostkov” va “Наркомания и незаконный оборот наркотиков” kabi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun qo‘llanmalar mazkur muammoni har tomonlama ochib beradi, ular bilan tanishgan kitobxonlar esa ularda o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topadilar.

Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni doirasida kutubxona kinomarkazida giyohvandlikka yetaklovchi omillar, uning oqibatlari, o'smirlar hayotida oila va ota-onaning roli, yaqinlar va qarindoshlarning aloqasi haqidagi “Zulmat saltanati” nomli hujjatli film namoyish etildi. Kitob-rasmli ko‘rgazma va film namoyishidan kutubxona foydalanuvchilari o‘zlarini va yaqinlarini giyohvand moddalar iste’molidan asrashiga doir kerakli xulosalar qildilar.

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar