Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari “Ochiq ta’lim manbalari” onlayn kurslarida ishtirok etdilar - Bo`limga qaytish


26.06.2015

22-25 iyun kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “Ochiq ta’lim manbalari” onlayn kurslari bo‘lib o‘tdi.

Onlayn kurslarda O‘zbekiston axborot-kutubxona muassasalarining direktorlari va yetakchi mutaxassislari ishtirok etdilar. O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan mazkur kurslarni o‘qish zallari xizmati mutaxassisi Muratova Muxtarama, xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati mutaxassisi Kamilova Dilfuza va milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish xizmati mutaxassisi Jumamuratova Bibizuralar muvaffaqiyatli tamomladilar. 

Onlayn kurslarni tashkil etishdan maqsad - axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarini ochiq ta’lim manbalari bazalari bilan tanishtirish. Ochiq ta’lim manbalarining axborot-kutubxona amaliyotida qo‘llanilishi esa, shubhasiz, ochiq axborot ta’minoti asosida ilmiy tadqiqotlarning axborot ta’minoti tizimini takomillashuviga olib keladi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar