Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Loyihalar ishlanmasi” treningi bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


25.06.2015

 

2015 yil 25 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida loyihalar takliflarini ishlab chiqishga o‘rgatish treningi bo‘lib o‘tdi. Trening O‘zbekistondagi SOS Bolalar mahallalari Assositsiyasi tomonidan loyiha koordinatorlari Bolalar mahallalari direktorlari uchun tashkil etildi. Trening maqsadi – tashkilot maqsadi va homiy talablaridan kelib chiqqan holda loyihalar takliflarini ishlab chiqish.
O‘zbekistondagi SOS Bolalar mahallalari Assositsiyasi va uning filiallari hayriya tashkilotlari hisoblangani bois ular davlat subsidiyalari va xorijiy tashkilotlar ajratgan grantlar yordamida ishlaydi. “Loyihalar ishlanmasi” treningi Assotsiatsiya va uning filiallarining xodimlari tomonidan grantlarga yoziladigan arizalarning ko‘nivmasini shakllantirishga yo‘naltirilgan. 
Assotsiatsiyaning xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha maslaxatchisi Gulsanam Karimova va monitoring va baholash bo‘yicha maslaxatchisisi Gulnora Suleymanovalar trening qatnashchilariga loyhaning e’tibor berilishi kerak bo‘lgan belgilari va talablarini tushuntirib berdilar, maqsad va vazifalarni bayon etishda o‘ziga xos tomonlarini ochib berdilar, shuningdek, manfaatdor shaxslarning xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan talablarni tahlil etib berdilar.
Interfaol tarzda guruhlarda olib borilgan suhbat tarzida tashkil etilgan treningda loyihalarni yaratish va ularni amalga oshirishning o‘ziga xosligi, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Treningning 8 mashg‘uloti sohaga doir tushunchalar ta’rifi, loyihani tuzishga bo‘lgan motivatsiya, loyihalar tuzishda mantiqiy ramka, ishlanma modeli, ehtiyojlar tahlili, budjet ishlanmasining o‘ziga xosligi va guruh ishlari natijalarining taqdimotiga bag‘ishlandi. Kichik guruhlarda ishlar ekan trening ishtirokchilari loyihalar yaratishning mexanizmi va o‘ziga xos jihatlarini qizg‘in muhokama qildilar va yuzaga kelishi mumkin bulgan muammolarni hal etishga bag‘ishlandi.
Trening yakunida ishtirokchilar fikr almashdilar va tashkilotchilarni muammolarning bosqichma bosqich yoritilganligi va RR-taqdimotlarini taqdim etdilar.
Trening natijalari asosida istiqboldagi loyiha taklifini ishlab chiqarilishiga asos bo‘ladigan 3 loyiha taklifi ishlab chiqildi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar