Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan filmlar namoiyishi - Bo`limga qaytish


31.05.2015
 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Butunjahon  tamaki chekishga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan filmlar  namoyishi bo‘lib o‘tdi.
31may Xalqaro sog‘likni saqlash tashkiloti tomonidan 1988 yilda Butunjahon  tamaki chekishga qarshi kurashish kuni sifatida ta’sis etildi. Bu sana chekish muammosiga, uning natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlarga, inson va insoniyatga yetkazadigan zarariga jamoatchilik e’tiborini qaratishga yo‘naltirilgan.
Butunjahon  tamaki chekishga qarshi kurashish kuni – bu har birimizga tamakiga tobelik tufayli hayotdan erta ko‘z yumgan insonlar haqida yodimizga solib turadi. Agar shu el-yurt ravnaqi uchun katta naf keltira oladigan insonlar – olimlar, artistlar, yozuvchilar, shoirlar, davlat arboblari va bshq. tamakining quliga aylanmaganlarida insoniyat hayotida katta ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirgan bo‘lardilar.
Axborot-kutubxona muassasasi mutaxassislari uchun tashkil etilgan tadbirda tamaki va narkotik tobelikka qarshi kurashga chaqiruvchi videofilmlar namoyish etildi. “O‘lim so‘qmog‘i”  ruknidan “Nima aybim bor?”, “Umr buyuk inoyat” va “Ogohlikka da’vat” videofilmlari “O‘zbekkino” Milliy agentligidan sotib olinib kutubxona foydalanuvchilari e’tiboriga havola etilgan. Filmlar chekuvchilar muammolariga, tamaki iste’mol qilish natijasida kelib chiqqan kasalliklar haqida hikoya qiladi. Shuningdek, ular yoshlarni sog‘lom turmush tarziga hamda yaxshilikka undaydi.
Filmni ko‘rgach, tomoshabinlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘pgina savollarga javob topishdi.

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar