Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


19.06.2015
15–19 iyungacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 264 ta yangi nomdagi axborot-kutubxona resurslari qabul qilinib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat – 106 ta, ta’lim va pedagogika – 40 ta, tabiiy fanlar – 26 ta, badiiy adabiyot – 28 ta, tilshunoslik – 6 ta, adabiyotshunoslik – 2 ta, tibbiyot – 5 ta, qishloq xo‘jaligi – 12 ta, texnika – 22 ta, san’at – 11 ta, dinshunoslik – 1 ta, sport – 1 ta) ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

Kelib tushgan bosma nashrlarni 19 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
 
Joriy yilda 1473 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.     

Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni  552050 taga yetdi.
 
Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma’lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2015 yil 15 – 19 iyun holatiga ko‘ra 3 gazeta, 18 jurnallardan, jami 443 bibliografik yozuv kiritildi. 113 bibliografik yozuv tahrir qilindi. 235 maqola makroob’ektga ulandi.

O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 58 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 51 ta va bolalar adabiyoti uchun 7 ta) berildi. 20 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.

Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 3 ta  raqam berildi. 2 shartnoma tuzildi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar