O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Namunaviy nizom talablarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida amalga tatbiq etish bo‘yicha seminar -
Bo`limga qaytish
13.06.2015
2015 yil 13 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari Kompleksi tarkibidagi vazirlik va idoralari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Seminar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom talablarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida amalga tatbiq etish muammolariga bag‘ishlandi.

Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur seminarda:
- O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda davlat organlari va muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomning mohiyati va mazmuni;
- Murojaatlarni ko‘rib chiqishda prokuror nazorati ahvoli va aniqlangan qonun buzilishlarni keltirib chiqaruvchi sabablar;
.jpg)
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish bo‘yicha yangi talablar;
- Jismoniy va yuridik shaxslarning elektron murojaatlari bilan ishlash uchun elektron hujjat aylanish tizimlari, zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni rivojlantirish va ularni qo‘llash;
- Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Kompleksi tarkibiga kiradigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Yuqoridagi muammolarga bag‘ishlangan ma’ruzalar ishtirokchilar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning amaldagi ijrosi bo‘yicha joylardagi holatlari o‘rganildi va istiqboldagi rejalar belgilab olindi.