Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“Xalqimizning qahramon adibi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma - Bo`limga qaytish


10.06.2015

2015 yil 10 iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Tafakkur” zalida Said Ahmad tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan “Xalqimizning qahramon adibi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.

Ko‘rgazmadan turli yillarda nashr etilgan Said Axmad asarlari o‘rin olgan. “Xandon pista”, “Yulduz” va “Kelinlar qo'zg'oloni” kabi pyesalar va hajviy hikoyalar to‘plami, “Qorako‘z majnun”, “Kiprikda qolgan tong”, “Zilzila”, “Hikoyalar” va “Qissa va hikoyalar” deb nomlangan hikoyalar to‘plami, “Ufq” va “Jimjitlik” romanlari shular jumlasidandir. 

Qahramon-adibning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi gazeta va jurnallardagi fotosuratlar va maqolalardan tashqari foydalanuvchilar mazkur ko‘rgazmada uning ijodiy yo‘li haqida adabiy ocherklar, portretlar va u bilan suhbatlardan iborat  “Said Axmad san’ati”, “Said Axmad noming baland”, “Said Axmad chorbog'i” va boshqa.

Bu yerda shuningdek Said Ahmadning ustozlari, shogirdlari va O‘zbekistonda ta’lim, madaniyat va san’at rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan zamonasining zabardast insonlari haqida yozgan xotira-kitoblari o‘rin olgan.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan har bir foydalanuvchi O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Said Ahmad hayotiga dahldor ko‘pgina qiziqarli va foydali ma’lumotlarga ega bo‘ladi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar