Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi - Bo`limga qaytish


10.06.2015

2015 yil 10 iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda adabiyotshunos olimlar, yozuvchilar, tarjimonlar, adabiy jamoatchilik, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, talabalar, kollej o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Adabiy kechani O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali olib bordi. Tadbirda Milliy kutubxona rahbariyati, adib, tarjimon  Nosir Fozilov,  O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon, taniqli jurnalist va xajviy yozuvchi Mehmonqul Islomov va Said Ahmadning qizi Nodira Husanxo‘jaevalar so‘zga chiqib Said Ahmad hayoti va ijodiga aloqador xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar. Ular Said Axmadning insoniy va ijodkorlik xislatlari, uning  yosh yozuvchilarga bo‘lgan munosabati va xayrixohligi haqida xotirladilar.

Tadbir boshida O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Said Ahmadning ijod yo‘li haqida hikoya qiluvchi “Said Ahmad” nomli filmdan parcha namoyish etildi.

 
Ijodiy hamkorlikda o‘tgan yillar to‘g‘risida so‘zlab berar ekan Muhammad Ali Said Ahmadning shogirdlar davrasidagi suhbatlariga alohida to‘xtaldi. “Uning qandaydir, yoshlarni o‘ziga tortuvchi ohanrabosi bor edi. Biz ularnikida yig‘ilib, ularning hikoyalarini o‘qir va o‘zimiznikini o‘qitar edik. Bizga Said Ahmadning bahosini eshitish juda muhim edi.”  Adib, tarjimon  Nosir Fozilov esa Said Ahmad bilan ijodiy safarlar chog‘ida birgalikda boshidan kechirgan qiziqarli va kulguli voqealarni esladi. O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon Said Ahmadning yoshlarning to‘g‘ri tarbiya topishiga ko‘maklashadigan, ularni jamiyatga kerakli, el-yurt koriga yaraydigan shaxslar qilib shakllantiradigan asarlar yozishga intilishi haqida gapirdi.
 
 
Xotira kechasida Said Ahmadning ona xalqiga sadoqati va o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qo‘shgan xissasi, uning davlatimiz tomonidan munosib baholanib davlat mukofotlari bilan taqdirlanganligiga alohida urg‘u berildi.
O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Farxod Abdullaevlar Said Ahmad bilan teatr repetitsialari jarayonidagi muloqotlari to‘g‘risida so‘zlab berdilar va “Ufq” va “Kelinlar qo‘zg‘oloni” pьesalaridan parchalar ijro etdilar.
 
 
Adibning qizi, Nodira Husanxo‘jaevalar mazkur tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi va o‘z ota-onasi haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar