Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Orasta qizlar” to‘garagining “Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” mavzusidagi xaftalik mashg‘ulotlarning yakuniy tadbiri bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


09.06.2015

  

2015 yil 9 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarni, ayniqsa, qizlarni kitobxonlik va mutolaa madaniyatiga jalb etuvchi tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston xotin-qizlar ko‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirning maqsadi - o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni, kitobni saralab o‘qish madaniyatini targ‘ib etish orqali “ommaviy madaniyat” hamda Internet hurujlaridan yoshlarni asrab qolish, ularga shaxsiy kutubxona tashkil etish g‘oyasini singdirish, oilada kitobga bo‘lgan mehrni tarbiyalash.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bosh prokuratura, ichki ishlar vazirligi, o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Mahalla” XJF, “Kamolot” YoIH, “Oila” IAM hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbir doirasida respublika umumta’lim maktablarida, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, shuningdek, mahallalarda “Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” mavzusida haftalik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida muassasalardan notiqlik iqtidoriga ega, erkin fikrlovchi 5 nafar qizlar tanlab olinib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboevning “Sariq devni minib” asari, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Xoshimovning “Dunyoning ishlari” asari, Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichik shahzoda” asari va  O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning “Saylanma” kitobi mutolaa uchun berildi. Maqsadga ko‘ra, jarayon ishtirokchilari o‘qigan kitoblarini asl mohiyatini tahlil qilib, o‘z hududlarida kitobxonlikni singdirish, kitoblardagi g‘oyani targ‘ib etishlari kerak edi. 
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar ko‘mitasi raisi E.E.Basitxanova yig‘ilganlarga olib borilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi, amalga oshirilgan ishlar negizida qabul qilingan “Orasta qizlar” to‘garagi a’zolarining Murojaati bilan tanishtirdi va uning tamoillarini o‘qib eshittirdi.
Tadbirda, shuningdek,  iqtidorli qizlar “Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” mavzusida taqdimot namoyish etdilar va bu borada o‘z takliflarini bildirdilar. Tadbir so‘ngida “Orasta qizlar” to‘garagi a’zolarining Murojaati loyihasi qabul qilindi.

 

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar