O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bolalar kitoblari ko‘rgazmasi ochildi -
Bo`limga qaytish
09.06.2015
Yoz – mutolaa davri. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” zalida bolalar kitoblari ko‘rgazmasi ochildi. Unda foydalanuvchilar e’tiboriga yangi nashrlar havola etilgan.
Ko‘rgazma ikki qismdan iborat.
Ko‘rgazmaning birinchi qismi “Bolalik – beg‘uborlik timsoli” deb nomlangan bo‘lib, u bola tarbiyasiga bevosita aloqador - tarbiyachi, murabbiylar, o‘qituvchi, qolaversa, ota-onalar uchun mo‘ljallagan. Bu yerda namoyish etilgan ”Farzand burchlari”, “Oila ma’naviyati va milliy g‘urur”, “O‘z farzandingga madad bo‘l”, “Milliy tarbiya asoslari”, “Prava rebyonka”, “Farzand aziz – ona mo‘tabar” kitoblari uz tarbiyaviy ahamiyatga ega hikoyalari va o‘gitlari bilan yosh avlod tarbiyasida ularga yordam beradi.

“Bolalik olami” deb nomlangan ikkinchi ko‘rgazmada kutubxona foydalanuvchilari e’tiboriga “Ya poznayu mir”, “Ensiklopediya dlya detey”, “Ensiklopediya erudita”, “Bolalar ensiklopediyasi”, “Bolshaya detskaya ensiklopediya” turkumidan kitoblar, yosh bilimdonlar uchun “Chto? Gde? Kogda?”, “Astronomiya va koinot”, vaqtni qiziqarli o‘tkazishga ko‘maklashuvchi “Vesyolыe konkursы”, “1000 zadaniy dlya zaryadki mozgov” kabi kitoblar, ertaklar, she’rlar va hikoyalar to‘plamlari havola etilgan.
Eng kichik kitobsevarlarni esa “Mening birinchi kitobim”, “Moya pervaya kniga”, “Mening birinchi ensiklopediyam” va “Kichkintoy kutubxonasi” turkumidan bo‘lgan kitoblar befarq qoldirmasligi shubhasiz.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar o‘zlarini qiziktirgan, bo‘sh vaqtlarini to‘ldira oladigan, yangi malumot oladigan, qizikarli narsalar o‘rganadigan, hozirgacha noma’lum narsalardan vokif etadigan, ularning ijodiy tasavvurini namoyon etadigan kitoblarni mutolaa kilish yoki shunchaki kitob varaklash imkoniga ega buladilar. Ba’zi yosh kitobxonlar uchun esa mutolaa yozning eng sevimli mashg‘ulotiga aylanadi.
.jpg)