Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


08.06.2015

1–5 iyungacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 320 ta yangi nomdagi axborot-kutubxona resurslari qabul qilinib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat – 70 ta, ta’lim va pedagogika – 18 ta, tabiiy fanlar – 5 ta, ijtimoiy fanlar - 18 ta, badiiy adabiyot – 143 ta, tilshunoslik – 33 ta, adabiyotshunoslik – 13 ta, tibbiyot – 3 ta, qishloq xo‘jaligi – 2 ta, dinshunoslik -14 ta) ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

Kelib tushgan bosma nashrlarni  109 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.

Joriy yilda 1377 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.     
Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni  550750 taga yetdi.
 
Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma’lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2015 yil 1 – 5 iyun holatiga ko‘ra 21 nusxa gazeta, 3 jurnallardan, jami 198 bibliografik yozuv kiritildi. 176 maqola makroob’ektga ulandi.

O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 119 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 65 ta va bolalar adabiyoti uchun 54 ta) berildi. 21 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.

Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 1 ta  raqam berildi. 1 shartnoma tuzildi. 
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar