Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
23.04.2013 2013 yil 23 aprel kuni poytaxtimizning “City Palace” mehmonxonasida “Central Asia-2013” 7-xalqaro anjumani umumiy yig`ilishining rasmiy ochilishi bo`lib o`tdi.

Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari Qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat Qo‘mitasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari hamda boshqa qator idora va tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda O‘zbekiston, AQSH, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon,  Eron, Qozog‘iston, Kanada kabi o‘ndan ziyod mamlakatlardan 400 dan ziyod soha vakillari, ekspert va olimlar ishtirok etishdi.  

23.04.2013 Milliy kutubxonada Central Asia-2013 7-xalqaro konferensiyasi o`z faoliyatini boshladi

Joriy yilning 22 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida «Central Asia 2013» 7- Xalqaro konferensiyasi qatnashchilarini ro`yxatga olish hamda yurtimizdagi yetakchi nashriyotlarning yangi adabiyotlar ko`rgazmasi ochilishi bo`lib o`tdi. Unda B.N.Yeltsin nomidagi Prezident kutubxonasi xalqaro aloqalar bo`limining menedjeri Drozdova Anastasiya, Selivanova Yuliya Gennadyevna, Rossiya Milliy kutubxonasi kartografiya bo`limi boshlig`i Kildyushevskaya Lyudmila Konstantinovna 

21.04.2013 Xalqaro konferensiya arafasida

Joriy yil 22-26-aprel kunlari Toshkentda “Central Asia-2013 – fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot-kutubxona resurslari” mavzuida 7-xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbir arafasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xalqaro konferensiyani tashkil etish masalalari va kutubxona faoliyatining hozirgi kundagi holati muhokama etildi. 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xadjayev ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladigan “Central Asia – fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot-kutubxona resurslari” xalqaro konferensiyasi axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlarning turli sohalarda elektron axborot resurslarini rivojlantirish va qo‘llash bo‘yicha amaliy hamda samarali hamkorlik borasidagi faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashishini ta’kidladi.
19.04.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 15 - 19 aprel holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi: 
37 nusxa gazeta; 11 nusxa jurnal; jami 432 bibliografik yozuv kiritildi; 134 bibliografik yozuv tahrir qilindi. 
19.04.2013 Milliy kutubxonada katalogizatsiya bo‘yicha olib borilgan ishlar

15 - 19 aprelgacha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 170 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 56 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 49 ta, badiiy adabiyotlar - 5 ta, adabiyotshunoslik - 2 ta) va 114 ta avtoreferatga (siyosat - 39 ta, tibbiyot - 19 ta, q.x. - 4 ta, texnika - 25 ta, san'at - 4 ta, ta'lim va madaniyat - 11 ta, tabiiy fanlar - 12 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
12.04.2013 Milliy kutubxonada katalogizatsiya bo‘yicha olib borilgan ishlar
8 - 12 aprelgacha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 555 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 415 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 157 ta, tibbiyot – 6 ta, badiiy adabiyotlar – 59 ta, qishloq xo‘jaligi -1 ta, texnika – 15 ta, san'at – 11 ta, ta'lim va madaniyat – 95 ta, adabiyotshunoslik – 50 ta, tabiiy fanlar – 19 ta, ma'lumot adabyotlar – 2 ta, tilshunoslik – 4 ta)

Oldin   145 146 147 148 149 150 151 152 153 154 155 156 157 158 159 160 161 162 163 164 165 166 167    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar