Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
01.06.2015
25–29 maygacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 388 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 176 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 20 ta, tibbiyot – 4 ta, ta’lim va madaniyat – 51 ta, texnika – 3 ta, san’at – 6 ta, badiiy adabiyotlar – 81 ta, adabiyotshunoslik – 1 ta, tilshunoslik – 5 ta, sport - 1 ta ), 212 ta avtoreferatlarga (siyosat - 39 ta, tibbiyot - 31 ta, texnika – 35 ta, tabiiy fanlar – 32 ta, qishloq xo‘jaligi - 11 ta, sport – 3 ta, san’at – 7 ta, ta’lim va madaniyat – 23 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 15 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
58 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
Joriy yilda 1314 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 550250 taga yetdi.
Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma’lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2015 yil 25 – 29 may holatiga ko‘ra 8 nusxa gazeta, 6 jurnallardan, jami 158 bibliografik yozuv kiritildi. 814 maqola makroob’ektga ulandi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 65 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 59 ta va bolalar adabiyoti uchun 6 ta) berildi. 20 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 2 ta raqam berildi. 4 shartnoma tuzildi. 2 tahririyat raqami tasdiqlandi.