Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bard qo‘shiqlari ijrochisi Gennadiy Arefev bilan musiqiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


25.05.2015
 
2015 yil 25 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Ijod» zalida bard qo‘shiqlari ijrochisi Gennadiy Arefev bilan musiqiy uchrashuv va uning yangi musiqiy diski taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy kechada mualliflik  qo‘shiqlari ijrochisi, bard musiqasi, Sofya Demidova, Oleg Bardovskiy va Aleksey Kirdyanovlar she’riyati muxlislari va Gennadiy Arefevning musiqiy talanti ixlosmandlari ishtirok etdilar. 
Gennadiy Arefev Toshkentdagi “Archa” muallif ijrochilar klubi a’zosi hisoblanadi.  Uning repertuaridan A. Shiryaevesning «Romans», «Vesyolaya pesnya», «Razdume», S. Balakinning  «Osen» to‘plami, S. Demidova kabi avtorlarning she’rlariga bastalangan qo‘shiqlari joy olgan.
Kechada taqdim etilgan musiqiy kompozitsiyalar: sevgi-muhabbatni tarannum etuvchi romantik, xotiralar bilan yo‘g‘rilgan g‘amgin va tinglovchi yuziga tabassum ulashuvchi, hayotiy maummolarga kulib nazar tashlashga undovchi quvnoq qo‘shiqlar S.Demidova, O.Bordovskiy va A.Kirdyanovlar qalamiga mansub.
Gennadiy Arefev ijodi ixlosmandlari sevimli ijodkorlariga minnatdorchilik bildirdilar va unga mustaxkam sog‘lik va ijodiy zafarlar tilab qoldilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar