29.05.2015
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob muzeyidagi ekspozitsiya yangilandi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kitob muzeyida “Sharq xattotlik (kalligrafiya) san’ati va paleografiya faniga oid kitoblar ko‘rgazmasi”deb nomlangan ekspozitsiyada Sharq amaliy san’ati va miniatyurasiga oid kitoblar o‘rin egalladi.
Mazkur ekspozitsiyaga qadim va zamonaviy davrlarda yaratilgan arab tilidagi xattatotlik (kalligrafik) namunalari, arab tili va kalligrafiyasini maxsus o‘rganuvchi o‘quv yurtlari uchun yaratilgan qo‘llanmalar, Sharq va boshqa hududlarning qadimiy tarixi va adabiyotiga oid asarlari mashhur fransuz olimlarining asarlari keltirilgan, O‘rta yer dengizi mintaqasi davlatlarining qabrtoshlardagi arab harflarini epigrafik va paleografik manbalar sifatida qiyosiy tahlil qilgan. Qadimgi yapon-rus ieroglifikali lug‘atida yapon xattotlik (kalligrafiya) san’atini o‘rgatish va yapon kalligrafiyasiga oid va boshqa turli materiallar o‘rin olgan.
Ko‘rgazma 2015 yil 1 iyundan 30 iyunga qadar davom etadi.