Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Axmadali Askarovning «O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


21.05.2015

2015 yil 20 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida t.f.d., professor Axmadali Askarovning «O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda t.f.d., professor M.Is’hoqov, folklorshunos olim T.Mirzaev, tarixshunos, professor A.Ashurov, kitob hammuallifi, tarixiy  obidalarni ta’mirlash bo‘ycha mutaxassis Sh.Ilhomov, adabiyotshunos olimlar, tarixshunos olimlar, soliq akademiyasi o‘qituvchi va talabalari, Borovskiy nomidagi tibbiyot kolledji o‘quvchilari, kutubxona foydalanuvchilari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

 

Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori o‘rinbosari U.Teshabaeva yig‘ilganlarni kitobning mazmuni va mohiyati bilan tanishtirdi. Taqdimotda so‘zga chiqqanlar muallif ishining mohiyatini, maqsad va vazifalarini alohida ta’kidlab, uning barkamol avlod tarbiyasida, ularda madaniy merosga egalik va kelajak avlodga yetkazish xissini tarbiyalashda tutgan o‘rni haqida gapirdilar.  T.f.d., professor M.Is’hoqov kitobda keltirilgan dalillarning aniqligini ta’kidlar ekan: “Bu kitob ko‘pyillik mehnat samrasidir va undagi barcha ma’lumotlar ilmiy tadqiq etilib o‘z isbotini topgan. Uning hozirgi kunda rus va ingliz tillariga tarjima qilinayotganligi esa dunyoda unga bo‘lgan qiziqishning ortayotganligidan darak beradi,”- dedi.

Kitobning O‘rta Osiyo xalqlari etnik jarayonining o‘sishini o‘rganishga qo‘shgan xissasiga qaratar ekan, folklorshunos olim T.Mirzaev  yig‘ilganlar e’tiborini A.Asqarovning etnogenez tarixi va etnik madaniyat taraqqiyotiga doir ilmiy taqdiqotlariga qaratdi. 

Muallif «o‘zbek milliy mentaliteti» tushunchasini ta’riflaydi va uning o‘ziga xosliklarini tadqiq etadi. Kitobda qisqartmalar, atamalar va toponimlarning ilmiy isbotlangan izohlari bilan, boblarga ajratilgan holda berilishi alohida e’tiborga loyiq.

Mazkur kitob ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari, etnografiya, tilshunoslik, O‘zbekiston tarixini o‘rganayotgan talabalar va professor-o‘qituvchilar, shuningdek, O‘zbekiston etnosi tarixiga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

Soliq akademiyasi talabalarini ayniqsa, kitobda keltirilgan, O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy siyosatinig vujudga kelishi bilan bog‘liq manbalar qiziktirdi. Axmadali Asqarov tadbir qatnashchilarining savollariga javob berishda kitobda keltirilgan dalillardan foydalandi.
Barcha savollarga javob olgan ishtirokchilar Axmadali Asqarovga minnatdorchilik bildirdilar va dolzarb va foydali kitob taqdimoti bilan qutladilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar