Foydali resurslar
2015 yil 18 may kuni O‘zbek Milliy kutubxonasida taniqli bibliograf, badiiy merosi 100 dan ortiq bibliografik kitobga teng bo‘lgan, Vladimir Mejov tavalludining 185 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik sharh bo‘lib o‘tdi.
19-asrning 60-yillaridan boshlab V.I.Mejov 20 yil davomida Turkiston tarixi, iqtisodiyoti, geografiyasi va etnografiyasi haqida ma’lumot beruvchi manbalarni o‘rganishga va ularga bibliografik ko‘rsatkich tuzishga bag‘ishladi. U chop etilgan gazeta va jurnal materiallari, to‘plamlar va 1887 yilgacha yozilgan Turkiston o‘lkasi to‘g‘risida ilmiy tadqiqotlardan tuzilgan 594 tomli «Turkiston to‘plami»ning 416 tomining va 3 tomlik bibliografik ko‘rsatkichning muallifidir.

Kutubxona mutaxassislari va foydalanuvchilari uchun tashkil etilgan bibliografik sharhda V.I.Mejovning tadqiqotchi-olimlar, tarixchilar, filologlar, geograflar va boshqa soha mutaxassislari uchun tengsiz qimmatga ega bo‘lgan xissasi e’tirof etildi. So‘zga chiqqanlar uning bilim sohalariga doir va tarixiy bibliografiyaga qo‘shgan ulkan xissasi haqida gapirdilar.

“Kashfiyot” zalida V.I.Mejovning ilmiy ishlari sistemali ko‘rsatkichlari, tarix va arxeologiya, chorvachilik va dehqonchilik masalalari, iqtisodiyot va statistika, huquq va ijtimoiy-siyosiy masalalar, geografiya va etnografiyaga doir davriy nashrlar bibliografiyasi va ilm sohalari bibliografiyasidan tashkil topgan adabiyotlar ochiq ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Kutubxona mutaxassislari va ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar mamlakatimiz taraqqiyoti va bibliografiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi borasida o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oladilar.
