Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Erkin A’zam badiiy olami” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


15.05.2015
2015 yilning 15 mayida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti va Termiz davlat universiteti hamkorlikda tashkil etgan, yozuvchi, dramaturg va stsenarist Erkin A’zamning hayotini o‘rganishga bag‘ishlangan “Erkin A’zam badiiy olami” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda olimlar, yozuvchilar, adabiy tanqidchilar, adabiy jamoatchilik, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti o‘qituvchi va talabalari, Erkin A’zam ijodining muxlislari, OAV vakillari va kutubxona foydalanuvchilari qatnashdilar.
Filologiya fanlari nomzodlari M. Qo‘chqorov va O. Shofiev tomonidan taqdim etilgan ushbu kitobda Erkin A’zam fenomenini o‘rgangan tadqiqotchilarning turli yillarda va turli nashriyotlarda nashr etilgan ilmiy ishlari, maqolalar va esselari jamlangan. Jamlanmaga, shuningdek, yozuvchining jurnalistlar bilan qilgan turli gazeta, jurnal va ko'rsatuvlardagi suhbatlari ham kiritilgan. 
Tadbirda so‘zga chiqqan f.f.d. N. Karimov, f.f.n. Sh. Rizaev, f.f.d. I. Haqqulov, f.f.n. I. Gafurov, yozuvchi X. Do'stmuhammad va boshqalar E. A’zamning shaxsiy va professional xislatlari, uning samimiylik va milliylikka yo'g‘rilgan asarlari, ularda insonparvarlik g‘oyalarining va ruhiy komillikka erishish uchun harakat aks ettirishi haqida gapirdilar.
F.f.d. I.Xakkulov E.A’zam ijodida uning inson ichki dunyosi, xarakteri, kechinmalarini ochib berish kabi qobiliyatini ta’kidlagan bo‘lsa, yozuvchi X.Dustmuxammad uning o‘ziga xos samimilik, an’analarining o‘ziga xosligi, madaniyati, sahovati, rahmdilligi, mehr va ochiqko‘ngilligiga ega bo‘lgan o‘zbek xalqining mentalitetini aks ettirgan asarlari haqida so‘zlab berdi. Bu asarlarda zamondoshlarimiz hayotidan hikoya qilinib, axloq, e’tiqod, burch, oddiy insoniy munosabatlar o‘ziga xos uslubda badiiy aks ettiriladi.
Yozuvchining badiiy olami to‘g‘risidagi publikatsiyalar va ma’lumotlar jamlanmasidan iborat taqdim etilayotgan kitob mualliflariga o‘z minnatdorchiligini bildirar ekan, Erkin A’zam uni adabiyot dunyosiga, badiiy olamga yetaklagan Shukur Xolmirzayevning “Adabiyot o‘ladimi?” iborasi bo‘lganligini e’tirof etdi. Mualliflar esa shunday kitobni yaratish istagi ularda talabalik davridayoq paydo bo‘lganini aytdilar.
Tadbir so‘ngida E.A’zam senariysi aosida tasvirga olingan “Erkaklar” badiiy filmi namoyish etildi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar