Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sharqning buyuk mutafakkiri Muso al-Xorazmiy tavalludiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


14.05.2015
2015 yil 12 may kuni O‘zbekiston Miliiy kutubxonasida sharqning buyuk mutafakkiri, olim  Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tavalludining 1235-yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Sharq qo‘lyozmalari markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent islom universiteti, M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘qituvchi va talabalari hamda Toshkent oliy xarbiy bojxona instituti tinglovchilari ishtirok etdilar. 
 

 “...Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o‘z ichiga oluvchi “Al-jabr va al-muqobala” qisqacha kitobni ta’lif qildim, chunki meros taqsim kilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har kanday bitimlarda va shuningdek, yer o‘lchash, kanallar o‘tkazishda, (amaliy) geometriya va boshka shunga o‘xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir» - degan edi Muhammad Al Xorazmiy  IX asrdayoq.
Konferensiya tabiiy fanlar negizini tashkil etuvchi algebra, trigonometriya, geometriya va arifmetikalarga asos solgan al-Xorazmiy ilmiy ishlarining mohiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda astronomiya, matematika va geografiyaga oid 20 dan ziyod ilmiy ishlar yozgan sharqning buyuk mutafakkiri, olim  Abu Abdullox Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning hayoti, ijodi va revolyusion g‘oyalarini tadqiq etuvchi olimlar va tadqiqotchilar so‘zga chiqdilar. Ular o‘z ma’ruzalarida al-Xorazmiyning Sharqda Yevropa madaniyatini va Yevropada Sharq madaniyati va ta’limotlarini targ‘ib etishdagi roli to‘g‘risida gapirdilar. 
 
  Anjumanda Toshkent islom universiteti dotsenti A.Alimov al-Xorazmiyning shaxs sifatida xususiyatlari va xis-tuyg‘ulari, yoshlikda olgan ta’lim- tarbiyasi va o‘sha davr ijtimoiy muhiti haqida gapirgan bo‘lsa, shu universitet Manbalar xazinasi mudiri o‘rinbosari, t.f.n. N.Nasrullaev butun dunyo tan olgan va hozirgi kunda o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan uning ilmiy izlanishlari haqida gapirdi. Anjumanda so‘zga chiqqan Musulmonlar idorasi fatvo bo‘limi mudiri A.Tursunov Sharqning buyuk allomalari qatorida salmoqli o‘rin egallagan o‘zbek zamini allomalarining ilm-fan rivojidagi beqiyos merosi haqida ma’ruza qildi. O‘zMU “Manbashunoslik va arxivshunoslik” kafedrasi kafedra katta o‘qituvchisi A.Madrimov tenglamalarning “al-jabr” va “al-muqabala” operatsiyalarini ko‘rgazmali usulda anjuman qatnashchilari yodiga tushirdi.
 
 
   Konferensiyada kutubxona foydalanuvchilari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar