O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Hamid Sulaymonov adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi -
Bo`limga qaytish
05.05.2015
2015 yil 5 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, f.f.d., professor Hamid Sulaymonov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi.
Hamid Sulaymonov 1910 yil 5 maya kuni Toshkentning Kamolon mahallasida dunyoga kelgan. Kinematografiya davlat institutini tamomlagach O‘rta Osiyo universiteti pedagogika fakulteti negizida tashkil etilgan Toshkent pedagogika institutida dars berdi. 1941-1945 yilarda Toshkentga ko‘chirilgan SSSR FA jahon adabiyoti instituti aspiranturasini tamomlagan. U o‘z hayotini O‘zbekistonning qo‘lyozma boyliklarini topish va ularni tiklashga bag‘ishladi, jamlangan shoir va mutafakkir Alisher Navoiy qalaimga mansub madaniy meros adabiyot muzeini tashkil etilishiga sabab bo‘ldi. H.Sulaymonovning asosiy ilmiy faoliyati A.Navoiy lirikasining tekstologik tadqiqotlariga bag‘ishlangan. Navoiy qo‘lyozmalarining bibliografiyasini yaratish davomida u dunyoning yirik kutubxonalarida saqlanayotgan “Badoe ul-bidoya” va “Navodir un-nixoya” devonlarining shoir Alisher Navoiga mansubligini isbotladi va ularni O‘zbekistonga keltirilishida katta rol o‘ynadi.

Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar A.Navoiy kitoblariga ikkinchi hayot ato etgan qo‘lyozmalar ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati to‘g‘risida hikoya qiladi. Shuningdek, bu yerda foydalanuvchilar hukmiga O‘rta Osiyo xattotlik san’ati tarixi, matnlarning o‘ziga xosliklari, A.Navoiy va Temuriylar davri qo‘lyozmalarining badiiyi bezaklari haqida kitoblar havola etilmoqda.

Книги, представленные на выставке, рассказывают о деятельности научно- исследовательского института рукописей, давшем вторую жизнь книгам А.Навои. Также, вниманию пользователей предложены научные исследования, рассказывающие об истории каллиграфии в Средней Азии, о текстологических особенностях, художественном оформлении рукописей А.Навои и рукописей времён Тимуридов.