Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida akademik Sa’di Xasanovich Sirojiddinov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi - Bo`limga qaytish


10.05.2015
 
2015 yil 10 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida matematik-olim, davlat va jamoat arbobi, akademik, f-m.f.d. professor Sa’di Xasanovich Sirojiddinov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
O‘zbek matematigi, 110 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi S.Sirojiddinov 1920 yilda Qo‘qonda tug‘ilgan. Uning matematik statistikaga doir tadkikotlari asosan korxona-muassasalarda ishlab chikariladigan maxsulotning sifatini nazorat kilishga bagishlangan.
Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika sohasi namoyondasi o‘z tadqiqotlarida ko‘p o‘lchovli limit teoremalariga aniqlik kiritish va ularni statistik tahlish bilan shug‘ullandi. Bu esa O‘zbekistonda shu yo‘nalishda o‘ziga xos ilmiy maktab paydo bo‘lishiga xizmat qildi. 
Ko‘rgazmada S.Sirojiddinovning ilmiy izlanishlari, monografiyalari va kitoblari o‘rin olgan. Ular orasida “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika”, “Matematik tahlil”, “Matematik analiz”, “Ehtimollar nazariyasi” kabi ilmiy,  “Fizika”, “Matematika” kabi o‘quv qo‘llanmalar, “Matematik kasbi haqida suhbatlar”, “Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari”, “Beruni –matematik va astronom” kabi qiziqarli matematikaga oid kitoblar mavjud. 
Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar jurnallar sahifalaridan o‘rin olgan akademik S.Sirojiddinov to‘g‘risida uning zamondoshlari va shogirdlari  nazdida inson va ustoz sifatida aytilgan xotiralari bilan tanishadilar. Ko‘rgazma nafaqat mutaxassislar, balki kutubxonaning barcha foydalanuvchilari uchun ham qiziqarli bo‘lishi shubhasiz.

 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar