Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi - Bo`limga qaytish


06.05.2015

 

2015 yil 6 may  kuni “Tafakkur”  o‘qish zalida  9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Avlodlar qalbida xotira abadiy” deb nomlangan  kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada o‘zbek xalqi o‘g‘lonlarining fidokorona jasoratlari, janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari, mehribon singillar va vafodor ayollarning front orti jobozliklari va jangohlarda o‘g‘illarini yo‘qotgan mushtipar onalarning motamlari aks ettirilgan asarlar va fotosuratlar o‘rin olgan.
Shuningdek, ko‘rgazmada jang maydonlarida bitilgan, askarlarning qahramonliklarini madh etuvchi badiiy asarlar va publitsistik qaydlar, she’rlar va hikoyalar o‘rin olgan. 
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar bu yerda o‘zbek va rus tillaridagi “Maxsus topshiriq”, “Matonat”, “G‘oliblarga ta’zim”, “Jasorat solnomasi”, “Jasorat”, “Urush”, “Soldat bo‘lib tug‘ilmaydilar”, “So‘nggi topshiriq”, “Yosh qasoskorlar”, “Jangohlarda toblangan qalam”, “Fidoiylar qissasi”, “Tepki bosildi”, “So‘nmas xotira”, “Mangu jasorat”, “Qirq to‘rtinchi yil avgustida”, “Bitva pod Moskvoy”, “Voyskovaya razvedka”, “Istoriya taynoy politsii Gitlera”, “Nezabvaemыy sorok pervy”, “Odisseya Xamida Sarimsakova”, “Ukroenie “Tayfuna” va boshqa asarlar bilan tanishadilar. 
Ko‘rgazmada tavsiya etilgan kitoblar bilan tanishgach, foydalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitobga buyurtma berib, bugungi osuda hayotimiz uchun janglarda halok bo‘lgan, o‘z hayotini havf ostiga qo‘yib matonatli kurashib g‘alaba qilgan askarlar qahramonliklari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar va ularga o‘z ehtiromlarini izhor qilish imkoniga ega bo‘ladilar.
 
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar