Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Tursun Qoratoev bilan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


08.05.2015

 

2015 yil 7 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli siyosiy sharhlovchi Tursun Qoratoev bilan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda taniqli jurnalistlar, radio va televidenie diktorlari, Yozuvchilar uyushmasi vakillari, “Madaniyat va ma’rifat” talekanali xodimlari, Inson huquqlari instituti vakillari, televidenie va radio faxriylari, OAV vakillari, talabalar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Diktor va boshlovchi, O‘zbekiston xalq artisti Abdumo‘min O‘tbosarov, t.f.n., telejurnalist Nafisa Zohidova, taniqli telejurnalist Irismat Abduholiqov, f.f.d. jurnalist Xurshid Do‘stmuhammad, jurnalist Akram Aminov, yozuvchi Baxtiyor Haydarov, “Madaniyat va ma’rifat” telekanali direktori Vohid Luqmonov, Tursun Qoratoevning kasbdoshlari va shogirdlari uning mehnat faoliyati, kasb mahorati, isoniylik xususiyatlari va ustozlik tajribasi haqida so‘zladilar.
So‘zga chiqqanlar Tursun Qoratoevning O‘zbekistonda televizion jurnalistika, xususan, xalqaro jurnalistikaning rivojiga, shuningdek, televidenieda publitsistika va xalqaro sharhlovchilik sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan xissasini alohida ta’kidladilar.
Tadbirda, shuningdek, Tursun Qoratoevninng xamkasb do‘stlari va shogirdlarning ustoz tajribasi va murabbiyligi to‘g‘risida jamlangan dil izhorlaridan tashkil topgan “Yaxshilik falsafasi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Galina Melnikova T.Qoratoevning televideniedagi 40 yillik mehnat tajribasi haqida gapirar ekan, avvalambor uning jurnalistik mahoratini e’tirof etdi va “Umrning 40 yilini televideniega bag‘ishlash - bu kasbiy va insoniy sinovdan o‘tish  demak. Shubhasiz, Tursun Qoratoev bu sinovdan sharaf bilan vijdonan o‘tganlardan. Shu bois u hamisha hamkasblar hurmatida va shogirdlar ardog‘idadir”, dedi.
Siyosiy sharxlovchi Qobilbek Karimbekov Tursun Qoratoevning jonli efirlarni xoh rus, xoh o‘zbek tilida bo‘lsin olib borish mahoratini ta’kidlagan bo‘lsa, jurnalist Baxtiyor Nazarov esa uning yosh jurnalistlarga ibrat bo‘layotgan ishiga sadoqat va sidqidillik bilan yondashuvi to‘g‘risida  gapirib berdi.
Ijodiy kecha ishtirokchilari tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, Tursun Qoratoevga mustaxkam sog‘lik va ijodiy barkamollik tiladilar.  

 

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar