Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Xotira-abadiy, qadr-muqaddas” mavzusida tadbirlar tashkil etildi - Bo`limga qaytish


06.05.2015

 

2015 yil 6 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira-abadiy, qadr-muqaddas” mavzusida tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi ZiyoNET bo‘limi bilan hamkorlikda “O‘tganlar yodi bu...” deb nomlangan davra suxbati va “Xotira-muqaddas” videofilmi namoyishi, “Tafakkur” zalida esa “Avlodlar qalbida xotira abadiy” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
“O‘tganlar yodi bu...” deb nomlangan davra suxbatini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon olib bordi. Unda O‘zbek Milliy Akademik teatri aktrisasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gavhar Zokirova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Erkin Samandar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi Ro‘zimboy Jumanazarov  O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari va Shayxontohur o‘quv-davolash kolleji o‘quvchilarilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Davra suhbati qatnashchilari o‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardanligini e’tirof etgan holda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etib, ularning jasoratlarini tilga oldilar. Shuningdek, yoshlarga yurtimizda hukm surayotgan, eng katta boyligimiz bo‘lmish tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, millatlararo totuvlikda yashashning qadriga yetishga da’vat etdilar.
Tadbirda, shuningdek, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mushoira bo‘lib o‘tdi. Unda “Iqtidorli yoshlar” o‘tganlar xotirasiga bag‘ishlangan, Ulug‘ vatan urushi yillarida ota-bobolar jasoratlarini tarannum etuvchi she’rlar va balladalar, hozirgi kunda farzandlar va nabiralar ardog‘ida bo‘lgan keksa bobo va buvilariga atab o‘zlari yozgan she’rlarni o‘qib davra suhbati qatnashchilarida iliq taassurotlar qoldirdilar.
Tadbir so‘ngida esa uning ishtirokchilari, ya’ni kollej o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari davra suhbati qatnashchilariga savollar bilan murojaat qilib ularga  keng qamrovli va sermazmun javoblar oldilar. 

 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar