O‘zbekiston Milliy kutubxonasida fotohavaskorlar uchun mahorat darslari bo‘lib o‘tdi -
Bo`limga qaytish
04.05.2015
2015 yil 4 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xalqaro YuNISEF fotosuratchisi Djakomo Pirossining fotohavaskorlar uchun mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
O‘quvchi yoshlarlardan iborat fotohavaskorlar ishtirok etgan mazkur mahorat darslari bolalarni ijodiy fikrlashga, o‘zini aks ettirishga va ularda qobiliyat va talantni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Italiyalik fotosuratchi Djakomo Pirossi dovrug‘i o‘z mamlakati - Apennin yarim oroli sarhadlaridan ham uzoqlarga taralgan. Butun dunyoda uni rasmlari mavzusi va Afrika va Osiyo reportajlarining o‘ziga xosligidan tanib oladilar. Pirossi badiiy suratga olishni o‘rgatadi. Ko‘rgazmali qurol sifatida esa u o‘z rasmlaridan foydalanadi.
2012 yilda Djakomo Pirossi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bolalar huquqlari Konvensiyasining tadbiq etilishiga bag‘ishlangan foto-ko‘rgazma bilan ishtirok etdi. Ko‘rgazmada taniqli YuNISEF forosuratchisi turli mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham tushirgan bolalar huquqlari Konvensiyasining moddalariga taalluqli suratlarini namoyish etgan edi.

Djakomo Pirossi mahorat darsi qatnashchilariga fotosurat asoslari, kompozitsiyalar tuzilishi, rakurs, perspektiva va yorug‘lik muhim rol o‘ynaydigan suratga olish texnikasi haqida gapirib berdi. Shuningdek, usta fotosuratchi qatnashchilarni turli ko‘rinishdagi suratlarni tasvirga olishda fotoapparatni to‘g‘ri sozlash va harakatdagi jismlarni muhrlashda e’tiborli jihatlar bilan tanishtirdi. Mahorat darsida qatnashchilar o‘zlari mustaqil fotosuratga olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, Djakomo Pirossi esa ular misolida havaskorlarning yutuq va kamchiliklarini izohlab berdi.
Mahorat darsi qatnashchilari yorqin taassurotlar oldilar va fotosuratga olish sirlarini o‘rganganliklaridan mamnun bo‘ldilar.