Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
24.05.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 20 - 24 may holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi: 
50 nusxa gazeta; 3 nusxa jurnal; jami 320 bibliografik yozuv kiritildi; 216 bibliografik yozuv tahrir qilindi.  
24.05.2013 Milliy kutubxonada katalogizatsiya bo‘yicha olib borilgan ishlar

20 - 24 maygacha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 158 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan  42 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 10 ta, tibbiyot - 10, q/x - 7, madaniyat - 10, adabiyotshunoslik - 5 ta) va 116 ta avtoreferatga (siyosat - 24 ta, tibbiyot - 22  ta,  texnika - 26 ta, san'at - 1 ta, madaniyat - 11 ta, tabiiy fanlar - 15 ta, sport - 1 ta, tilshunoslik - 8 ta, q/x - 6 ta, adabiyotshunoslik - 2 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi. 
23.05.2013 “Adabiyotga e'tibor - kelajakka, ma'naviyatga e'tibor” shiori ostida Respublika “Kitob bayrami”

Joriy yilning 23 may kuni Toshkent shahri, G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Adabiyotga e'tibor - kelajakka, ma'naviyatga e'tibor” shiori ostida Respublika “Kitob bayrami" ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalk ta'limi, Oliy va o‘rta mahsus ta'lim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Respublika ma'naviyat targ‘ibot Markazi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Maxalla” hayriya jamoat fondi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksionerlik kompaniyasi, “Uzdavkitobsavdota'minoti” mas'uliyati cheklangan jamiyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

23.05.2013 E`lon

Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni oldidan bolalar uchun bayram tadbiri

2013 yil 30 may soat 10:00 da Alisher Navoi nomidagi O`zbekiston  Milliy kutubxonaning ichki maydonchasida va kutubxona kinomarkazida “1-iyun butunjahon bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan O`zbek-Yaponiya markazi hamda “SOS” bolalar mahallasi bilan hamkorlikda  bayram tadbiri va maxorat maktablari tashkil qilinadi.   

23.05.2013 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida may oyida tashkil qilinadigan tadbirlar
 
29 may soat 10:00 da  ISBN va ISSN raqamlarini kompyuter tarmog‘i orqali interaktiv shaklda berilishi bo‘yicha xizmat turini joriy qilinishiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tadi.
29 may soat 16:00 da kutubxonaning kinomarkazida BMTning tarraqiyot dasturi doirasida davra suhbati
29 may kuni soat 15:00 da kutubxonaning “Ijod” o`quv zalida O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa, baletmeyster Mukarrama Turg‘unboyeva tavalludining 100 yilligiga bag`ishlangan ko`rgazma bo`lib o`tadi.
21.05.2013 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kitobxonarni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida axborot olishlari uchun infokiosklarni ishga tushirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1730 sonli qarorida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi milliy va jahon madaniyatini, fani va ta'limini rivojlantirish manfaatlarini ko‘zlagan holda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi umumdavlat universal axborot-kutubxona muassasasidir.   


Oldin   141 142 143 144 145 146 147 148 149 150 151 152 153 154 155 156 157 158 159 160 161 162 163    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar