01.05.2015
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob muzeyidagi ekspozitsiya yangilandi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kitob muzeyida XX asr boshlarida qatag‘onlikka uchragan milliy ma’rifatchilikning atoqli namoyondalari ishtirok etgan nashrlar ekspozitsiyasi o‘rin egalladi.
Mazkur ekspozitsiyaga XX asr boshlarida nashr etilgan gazeta va jurnallar kiritildi. Unda jadidchilik harakatining asoschilari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shukuriy, Ajziy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov, Fitrat, Elbek, Fayzulla Xo‘jaev, Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jaev, Abdulvohid Burxonov, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov, Obidjon Mahmudov, Xamza, Cho‘lpon, Is’hoqxon Ibrat, Muhammadsharif So‘fizoda, Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov va boshqalarning tarixiy ma’lumotlari, she’rlari, maqolalari, badiiy asarlari va boshqa turli materiallari o‘rin olgan.
Ko‘rgazma 2015 yil 1 maydan 31 mayga qadar davom etadi.